SPORT-YOSHLARIMIZ PARVOZIGA QANOTDIR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta muhim tashabbusidan o‘rin olgan,ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish,ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga qaratilgan sport musobaqalari oliy ta’lim muassasalaridao‘tkazilmoqda. 

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida  20-sentyabr “Xalqaro talabalar sporti kuni”ga bag’ishlangan musobaqa bo‘lib o‘tdi. “Sog’lom avlod-yurtga madad ” shiori ostida tashkil etilgan musobaqaga Toshkent kimyo texnologiya instituti, Jahon iqtisodi va diplomatiya universiteti, Toshkent farmatsevtika instituti,Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish  va ekspluatatsiyasi instituti, O‘zbekiston davlat konservatoriyalarning talaba-yoshlari ishtirok etishdi. 
Musobaqa ikki kun bo‘lib o‘tadi. Birinchi kun talaba-yoshlar sportning stol-tennis hamda voleybol turlari bo‘yicha bellashadi. Ikkinchi kuni mini futboldan jamoalar kuch sinashadi. 

Voleybol sport turi  yakunlari bo‘yicha umumiy jamoalar hisobida Toshkent to‘qimachilik va yengil instituti 1 - o‘rinni,Toshkent kimyo texnologiya instituti faxrli 2- o‘rinni hamdaToshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish  va ekspluatatsiyasi instituti 3 – o‘rinlarni egallashdi.
Stol-tennis   sport turi bo‘yicha   Toshkent to‘qimachilik va yengil instituti talabasi U.Rahimboyev 1- o‘rinni, O‘zbekiston davlat konservatoriya talabasi Sh.Shodiyev 2-o‘rinni, 3 – o‘rinni ikki institut vakillari ya’ni, Toshkent avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish  va ekspluatatsiyasi instituti talabasi A.Qurbonov , O‘zbekiston davlat konservatoriyasi talabasi  F.Qosimov egallashdi. 
Musobaqa so‘nggida g’oliblar esdalik sovg’alar hamda diplomlar bilan taqdirlanishdi. 


скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018