E'LON

Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi chet el oliy ta’lim muassasalarining magistratura dasturida tahsil olish imkoniyatini beruvchi IV tanloviga hujjatlarni qabul qilishni boshlaydi. Institutimizning bitiruvchi bosqichida tahsil olayotgan talabalar hamda avvalgi yilda bitirgan bitiruvchilar mazkur tanlovda ishtirok etishi mumkin.
Tanlov quyidagi yо‘nalishlar bо‘yicha amalga oshiriladi:
  • Qayta tiklanuvchi energiya manbalari;
  • Kimyo va kimyo texnologiyasi;
  • Suv va yer resurslarini boshqarish;
  • Mashinasozlik texnologiyalari;
  • Arxitektura. Bino va inshootlar qurish;
  • Avtomobil yо‘llari, kо‘priklar, tonellar, yо‘l о‘tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish;
  • To‘qimachilik sanoati texnologiyalari va uskunalari;
  • Turizm xizmatlarini tashkil etish va boshqarish;
  • Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar;
Universitetning barcha bitiruvchi kurs talabalarini tanlovda ishtirok etishga taklif etamiz. Hujjatlarni qabul qilish 15-oktyabr kuni boshlanadi. 
Hujjatlar nomi
  1. Fond tomonidan tasdiqlangan shakldagi tanlovda ishtirok etish haqida ariza;
  2. OTM rektori nomidan tanlovda munosib nomzod sifatida ishtirok etish to‘g’risidagi tavsiyanoma;
  3. Oliy ta’lim muassasasining oxirgi bosqichida tahsil olayotganligi to‘g’risida ma’lumotnoma;
  4. Pasport nusxasi;
  5. Oliy ta’lim muassasasini bitirganligi to‘g’risidagi diplom nusxasi;
  6. Baholari ko‘rsatilgan diplom ilovasi nusxasi yoki reyting daftarchasi nusxasi;
  7. Tanlov ishtirokchisi tomonidan imzolangan “Chet el oliy ta’lim muassasalarida magistrlik dasturi bo‘yicha tahsil olish uchun Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoat fondi ta’lim grantlarini olish bo‘yicha o‘tkaziladigan IV-tanlovi nizomi” dan ko‘chirma.
скачать dle 12.1

ORQAGA QAYTISH

© 2018