OBOD YURT XAYRIYA HASHARIGA, MARHABO!

OBOD YURT XAYRIYA HASHARIGA, MARHABO!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining farmoyishiga asosan, joriy yil 14-15 mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Obod yurt” umumxalq obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish xayriya hashari bo‘lib o‘tadi. 
Bugun hasharning birinchi kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti hovlisida erta tongdan tozalik va ozodalik hidi ufurib turibdi.  Sababi, talaba-yoshlar hovlilarni tozalab, supurib, turli xil ko‘chatlar o‘tkazishdi. 

“Hashar—elga yarashar” o‘zbek xalqi azaldan hasharlar tashkil etib, mahallalarni tozalash ishlarini olib borishgan. Hashar xalqimizni birlashtirib, yanada jipslashtirishga xizmat qilgan. Bugun institut hududidan tashqari, Do‘stlik bog‘i hududi ham chiqindilardan tozalanib obodonlashtirildi.
 U yerdagi ozodalik, tozalik yoshi ulug‘lar bilan yoshlarni ham birdek quvontirdi. 
Ertaga ham erta tongdan hashar davom etadi. Barchangizni ushbu xayriya hasharida   faol bo‘lishingizni so‘raymiz. Zero, tozalik—go‘zallik sari chorlaydi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH