YANGI O‘QUV YILI MUHOKAMA MARKAZIDA

YANGI O‘QUV YILI MUHOKAMA MARKAZIDA

Joriy yilning 29-avgust kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoati institutida Zoom dasturi orqali online videokonferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori Kamilova Xolida Xafizovna, prorektorlar, fakultet dekanlari hamda bo‘lim boshliqlari ishtirok etishdi.

Yangi o‘quv yili 2-sentabrdan boshlanishi munosabati bilan  institutni 2020/2021 o‘quv yiliga tayyorlash, shu jumladan, axborot-resurs markazi va talabalar turar joylaridagi sharoitni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar, 2020/2021 o‘quv yili uchun o‘quv rejalari va fan dasturlarini shakllantirish, moodle tizimiga ma‘lumotlarni joylashtirish holati, o‘quv jarayoniga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini samarali qo‘llash, axborot-resurs markazini yangi adabiyotlar bilan boyitish, pandemiya sharoitida 1-kurslarning qabuli va ularning o‘quv yili jarayoniga moslashuvi kabi bir qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, yangi o‘quv yilida yangi o‘quv binolari, talabalar turar joylaridagi sharoitni yaxshilash hamda kuz-qish mavsumiga keng tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan ishlar ham muhokama qilindi. Shu bilan bir qatorda institut iqtidorli talabalarini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash kelishib olindi hamda mas’ul soha vakillariga topshiriqlar berildi. 

скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH