QIZLAR BELLASHUVI

QIZLAR BELLASHUVI

2019 yil aprel oyida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining  Yengil sanoat texnologiyasi va dizayn fakulteti “Pedagogika va jismoniy madaniyat” kafedrasi professor-o‘qituvchilari institutning Xotin-qizlar qo‘mitasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining beshta muhim tashabbuslaridan o‘rin olgan, Ikkinchi tashabbusi yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan maqsadlarini ijrosini ta’minlash bo‘yicha Toshkent shahar oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori   ostida talaba-qizlar o‘rtasida“Quvnoq-startlar” sportmusobaqasi o‘tkazildi. 
Ushbu musobaqada Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti va Toshkent kimyo-texnoligiya institutlarining talaba-qizlari ishtirok etishdi. Musobaqa juda qiziqarli va mazmunli bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada  Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti Ι o‘rinni, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti ΙΙ o‘rinni va Toshkent kimyo-texnoligiya instituti ΙΙΙ o‘rinni egalladilar.
Musobaqa g‘oliblari Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rahbariyati va Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan esdalik sovg‘alar va diplomlar bilan taqdirlandi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH