“KAFEDRA KUNI” O‘TKAZILDI

“KAFEDRA KUNI” O‘TKAZILDI

Madaniyat saroyida “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi totmonidan “Kafedra kuni” o‘tkazildi. Tadbirda “Yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish” bo‘limi bosh mutaxassisi, “Sharq liboslari dizayn markazi” MCHJ direktori, Zamira Yunusova hamda “To‘qimachilik sanoatini rivojlantirish” bo‘limi mutaxassisi Dovrug‘bek Inog‘omjonov, kafedraning professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etdi.
 
— 87 yillik tarixga ega “To‘qimachilik matolari texnologiyasi” kafedrasi deganda ko‘z oldimga bizga dars bergan ustozlarimiz keladi deydi, — tadbirni ochib bergan “Yoshlar bilan ishlash” bo‘yicha prorektori Ulug‘bek Abdullayev. Chunki mana shu kafedraga tamal toshini qo‘ygan ustozlarimiz ham oramizda o‘tirishibdi. “Kafedra kuni” an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinishida ularning xizmati katta.

Badiiy chiqishlar bilan davom etgan tadbirda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti talabalari ham qatnashib o‘zlarining milliy raqslari bilan yig‘ilganlarga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH