5 TASHABBUS IJROSI: TTYeSI MISOLIDA

5 TASHABBUS IJROSI: TTYeSI MISOLIDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. Unda yoshlarimizga bo‘lgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga urg‘u berildi.

Yurtimizning barcha hududlarida amalga oshirilmoqda. 5 tashabbusning ikkinchisida  yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan. 
Chunki sport aholi salomatligini mustahkamlash, yosh avlodni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptiradi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan poytaxtimizdagi 85, 22- umumta’lim maktablarida Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus ommaviy sport turlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida “TTYeSI kubogi” musobaqalari tashkil etildi. 
Tadbir so‘ngida musobaqa g‘olib bo‘lgan yoshlarga institut rahbariyati tomonidan esdalik va qimmatbaho sovg‘alar tarqatildi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH