XORIJIY FUQAROLARNI O‘QISHGA QABUL QILISH JARAYONLARI

XORIJIY FUQAROLARNI O‘QISHGA QABUL QILISH JARAYONLARI

O‘zbekistonda 2018-yildan boshlab viza bilan bog’liq muammolar ancha soddalashtirildi. Bu ko‘pchilik xorijiy mehmonlarning O‘zbekistonga kelishi uchun ajoyib imkoniyat bo‘ldi. Yurtimizga chet elliklar sayohat, dam olish, investitsiya kiritish, o‘qish maqsadida tashrif  buyurishadi. Shu o‘rinda o‘qish uchun yurtimizga kelishni niyat qilgan yoshlar tabiiyki, Oliy ta’lim muassasalariga kirishda O‘zbekistonda nimalarga e’tibor berish kerak, qanday hujjatlar kerak deb boshi qotadi? O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibini takomillashtirish to‘g’risida”gi 2008-yil 4-avgustda qabul qilingan 169-sonli qaroriga muvofiq :Xorijiy fuqarolarning xohishlariga ko‘ra;
  • Umumiy o‘rta ma’lumot
  • O‘rta-maxsus,kasb hunar ta’limi
  • Oliy ma’lumot
  • Oliy ta’lim muassasasidan keyingi ta‘lim olishlari mumkin.
Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Oliy o‘quv yurtlariga umumiy o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga ega bo‘lgan fuqarolar qabul qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohatlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha  qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g’risida”qaroriga muvofiq 2018-2019 o‘quv yilidan boshlab xorijiy fuqarolarni  oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul qilish  kvotalardan tashqari suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga  qabul qilinadi. Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida suhbat joriy yilning 1-10 avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Suhbat oliy ta’lim muassasasining xorijiy fuqaro  o‘qishga hujjat topshirgan ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘qitiladigan tilda o‘tkaziladi.Suhbat 100 ballik tizimda baholanadi.O‘tish ball 55 hisoblanadi. 
Baholash mezonlari quyidagicha:
  • Kasbiy ishtiyoqi va o‘qishga kirish sabablari;
  • Ta’lim yo‘nalishiga muvofiq keluvchi fanlar majmuasi bo‘yicha egallagan bilim darajasi;
  • Umumiy intellektual darajasi;
O‘qishi tugagach, chet elliklarga ma’lumoti to‘g’risida belgilangan namunadagi tegishli hujjatlar beriladi. Xorijiy fuqarolar o‘qish davrida respublikamizga oila a’zolari va boshqa qarindoshlar bilan kelishlari mumkin. O‘qish uchun kelgan xorijiy fuqarolar tibbiy tekshiruvdan o‘tadi.
                                         Kerakli hujjatlar ro‘yxati         
  • O‘qishga qabul qilish haqida ariza;
  • O‘rganilgan fanlar va ular bo‘yicha imtihonlarda olingan baholar(ballar) ko‘rsatilgan hujjjatning asl nusxasi;
  • Sog’lig’i to‘g’risidagi tibbiy xulosa;
  • Milliy pasport(amaldagi vizasi bilan) yoki tug’ilganlik haqida guvohnoma;
  • 4x6 sm o‘lchamdagi fotosurat 6 ta
Xorijiy o‘quvchilar quyidagi huquqlarga ega:
  • Kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarida, talabalarning ilmiy jamiyatlari va to‘garaklarida qatnashish;
  • Ta’lim muassasalarning kutubxonalari, sport komplekslari, klublari va madaniyat  saroylaridan foydalanish;
  • Dam olishning uyushtirilgan turlarida qatnashish.      
Xorijiy ta’lim oluvchilarning majburiyatlari:
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va boshqa qonun hujjatlariga amal qilish, mahalliy urf-odat va an’analarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish,respublikada xorijiy fuqarolarning bo‘lishi va harakatlanishi bo‘yicha belgilangan qoidalarni bajarish;
  • Intizomga rioya qilish, mashg’ulotlarga qatnashish, o‘quv rejalari va dasturlarida nazarda tutilgan o‘quv va ishlab chiqarish ishlarining barcha turlarini bajarish, imtihon va sinovlarni belgilangan muddatda topshirish;
  • Ta‘lim muassasasining va talabalar yotoqxonasining ichki tartib- qoidalarini bajarish;
  • Ta’lim muassasa rahbarlarining ko‘rsatma va farmoyishlarini bajarish.
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida bugungi kunda   Turkiya, Qozog’iston, Rossiya, kabi davlatlarning fuqarolari ta‘lim olishmoqda. Institutimizda xorijliklarni  tahsil olishi uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan.скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH