ANTVERPEN UNIVERSITETINING  PROFESSORI  TTYESI DA

ANTVERPEN UNIVERSITETINING PROFESSORI TTYESI DA

Xorijda ishlab, yashab kelayotgan vatandoshlarimizni yurtimizga qaytarish chora -tadbirlari ko‘rilmoqda. Bu tadbirlar doirasida xorijda ta’lim berayotgan professor – o‘qituvchilar bilan hamkorlikda ishlash ham yaxshi samara beradi. Fikr almashish, xorijiy davlatlarning o‘qitish, dars o‘tish metodikasini o‘rganish foydadan holi emas. Bugungi kun talabasiga oddiy metod bilan dars o‘tib bo‘lmaydi. Belgiya qirolligining Antverpen universitetida kimyo bo‘limida ishlovchi Umidjon Halilov joriy yilning19-avgust kuni institutimizda magistrlar, ilmiy ishlar bilan shug’ullanuvchilarga hamda mustaqil tinglovchilarga ma’ruza qildi. Ma’ruza “nanotuzilmalar tizimini modellashtirish” mavzuida bo‘lib o‘tdi. 
Ma’ruza savol javoblarga boy bo‘ldi. Fikrlar almashildi. Ilmiy ish qilayotganlarda yanada o‘z ustida ishlash ishtiyoqi paydo bo‘lgan bo‘lsa ajab emas. 
Fikr almashish, tajriba almashish oliy ta’lim tizmi uchun yaxshi samara beradi. Zero, yosh avlodni ilm- fanning so‘nggi yangiliklaridan xabardor qilish kelajak sari qo‘yilgan qutlug’ qadamdir. 
                                                                         
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH