SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

SPORT MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Prezidentimiz  ilgari surgan besh tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 12-sentyabrida Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining talabalar turar joyida Yoshlar bilan ishlash bo'yicha prorektor U.T.Abdullayev boshchiligida "Pedagogika va jismoniy madaniyat" kafedrasi pedagog-xodimlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining  28 yilligiga bag'ishlab  "Jonajon O'zbekistonim, mangu bo'l omon!" shiori ostida sportning "voleybol" turi bo'yicha fakultetlar aro talabalar o'rtasida sport musobaqasi o'tkazildi. Ushbu musobaqada Paxta sanoati texnologiyasi fakulteti talabalari 1-o'rinni,  Yengil sanoati texnologiyasi va dizayn fakulteti talabalari 2-o'rinni va To'qimachilik sanoati texnologiyasi fakulteti talabalari 3-o'rinni egalladi.

Sport musobaqalarini institut miqyosida o‘tkazib turish yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini keng yoyishga asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Zero, sog’lik-tuman boylik. 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH