MODA DUNYOSIGA BIR QADAM

MODA DUNYOSIGA BIR QADAM

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida bugungi kunda turli davlatlarning qo‘shma fakultetlari o‘z faoliyatini olib bormoqda. Ular sirasiga Rossiya , Belarus hamda Fransiya  davlatlari kiradi. Ayniqsa bugungi kunda butun dunyo e’tirof etayotgan Fransiyaning  Parij Xalqaro moda akademiyasi o‘z faoliyatini bevosita Toshkent to‘qimachilik va  yengil sanoat instituti bilan  bog‘lashi katta ahamiyatga molik hodisa sanaladi. 

Muhtaram Prezidentimizning 2018-yil 8-9 oktyabr sanalarida Fransiya Respublikasiga tashrifi chog‘ida savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika, texnologiyalar, ta’lim kabi sohalarda  hamkorlikni rivojlantirish masalalari batafsil muhokama qilindi. 2018-yilning 22-noyabrida Parij Xalqaro moda akademiyasi hamda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti o‘rtasida qo‘shma fakultet  tashkil etishto‘g‘risida shartnoma imzolangan.

    Institut jamoasining sa’yi-harakati bilan joriy yildan boshlab, Parij Xalqaro moda akademiyasining qo‘shma fakulteti faoliyatini boshladi. Joriy yilning 26 sentyabr kuni ushbu fakultetning rasman ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Parij Xalqaro moda akademiyasining prezidenti  janob Jan-Filip Vouklerakademiya direktori Karina Andres xonim ishtirok etishdi. SHuningdek, tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari K.A.SHaripov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt” jamg‘armasi direktori A.SH.Bekmurodov hamda OAV vakillari , professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etishdi.

   Fransiya – dunyo miqyosida moda industriyasining asoschisi, uning qonuniyatlarini belgilab beruvchi davlat hisoblanadi. Parij xalqaro moda akademiyasi 1830-yilda tashkil topgan bo‘lib, erkaklar va ayollar kiyimlarini loyihalash bo‘yicha xalqaro tajribaga ega. 

  Tadbirni tashkil etishdan maqsad, avvalo, Fransiya va O‘zbekiston do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlash, bugungi zamon talablariga xos va mos kadrlarni shakllantirib, yurtimizda moda industriyasi rivojiga munosib hissa qo‘shishdan iborat. Parij Xalqaro moda akademiyasining qo‘shma fakultetida tahsil olayotgan talabalar ertaga O‘zbekiston moda industriyasi sohasining eng yetakchi vakillari bo‘ladi degan umiddamiz.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH