FLORENSIYA MOZAIKASI SAQLAB QOLINDI

FLORENSIYA MOZAIKASI SAQLAB QOLINDI

[hide]
Toshkentda Florensiya uslubida yaratilgan noyob   san’at asarining vayron qilinishidan saqlab qolindi deya xabar bermoqda CA-NEWS – sayti. Qisqa muddat vazir vazifasidagi amaldor ushbu noyob mozaikani : “Sovet merosi”, - deb olib tashlashni buyurgan edi. 
   Bu asar Riga san’at akademiyasining bitiruvchilaridan bo‘lgan, ko‘p yillar O‘zbekistonda yashab, ijod qilgan, biz O‘zbekistonliklarga o‘zlarining eng yaxshi asarlaridan birini qoldirgan iste’dodli ustalar : Yuozas Lipas va Iren Lipene tomonidan yaratilgan. Ushbu asar Florensiya mozaikasi san’atning nodir turiga kiradi.
   “Mozaika san’atida katta mahorat talab qilinishidan tashqari, betakror monumental mozaika yaratishda kerak bo‘ladigan“smal’ta” materialining o‘zi ham betakror va noyobdir’’ , - deydi O‘zbekistonningsobiq Madaniyat va Sport vaziri Tursunali Qo‘ziyev.
Qo ‘ziyev sovet o‘tmishi, nafratchisining ism-sharifi, ishlash joyi to‘g’risida esa ma’lumot bermagan.

Ushbu nodir asar Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti bosh binosining kirish qismida joylashgan. Asarni saqlab qolishda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institut O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Kamilova Xolida Hafizovnaning o‘rni katta.
Ma’lumot o‘rnida eslatib o‘tamiz, ushbu Florensiya mozaikasi Uyg’onish davrida  yaratilgan. 1580- yilda Florensiyadagi Uffitsiyadagi  Medichi oilasiga tegishli ustaxonada  yaratilgan va u yerda Yevropaning barcha mamlakatlarida va Rossiyada taqlidga sabab bo‘lgan mozaika ishlarining eng yaxshi namunalari yaratilgan. Aynan shu ustaxonada ishlab chiqarilganmozaika texnologiyasidan hozirgi zamonda ham foydalaniladi.
Florensiya mozaikasini yaratishda turli xil qimmatbaho tosh turlaridan foydalaniladi, ular: marmar, yashma, rodinit, lazurit, chaqmoq tosh, porfir va boshqalar. Toshni tanlashda asosiy e’tibor beriladigan narsa bu – rang va naqshlarning kelgusidagi mozaikaning rasm yoki eskiziga mosligi hisoblanadi. Jilo berilgan yupqa tosh plitalari termasi chiroyli san’at asari yaratilishi uchun, toshlarning tabiiy rangi va tabiiy to’qimalarining chiziqlari e’tiborga olinishi muhim. Tosh elementlari har qanday shaklga ega bo‘lishi mumkin, ammo ular bir-biriga shunchalik mahkam joylashtirilganki, hech qanday chok va ulanish chiziqlari ko‘rinmasligi va barcha plitalar bir xil tekislikda joylashgan bo‘lishi kerak.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH