DINLARARO BAG’RIKENGLIK-JAMIYAT  RIVOJINING KAFOLATI

DINLARARO BAG’RIKENGLIK-JAMIYAT RIVOJINING KAFOLATI

Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O‘zbekistonda turli din, millat va elat vakillari tinch, osoyishta va farovon hayot kechirib kelishmoqda.  Mustaqillik sharoitida etnik munosobatlar va din sohasida olib borilayotgan izchil va qat’iy siyosat tufayli mamlakatimizda millatlararo totuvlik  qaror topdi. Konstitustiyamizda “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar”, degan tamoyilning mustahkamlab qo‘yilishi esa, bu boradagi ishlarning qonuniy asosi bo‘lib xizmat qilmoqda.
Dinlararo bag'rikenglikdeb, xilma-xil din va mazhab egalarining bir-birining e'tiqodini o'zaro hurmat qilib, tushunib, yagona zamin, yagona vatanda, olijanob g'oya va niyatlar yo'lida hamkor va hamjihat bo'lib yashashiga aytiladi.

Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti jamoasi ham millatlararo totuvlikni birinchi o‘ringa qo‘yib kelganligini o‘tkazilgan tadbir  uchrashuvlardan ham ko‘rish mumkin. “O‘zbekiston-millatlararo totuvlik, diniy bag’rikenglik yurti” mavzuida uchrashuv tashkil etildi. Unda institutning professor- o‘qituvchilari, talaba-yoshlari hamda Yakkasaroy tumanidagi Rakat jome masjidi imom-xatibi R.Muhammadiyev ishtirok etdi.   Tadbirni Matbaa texnologiyalari fakulteti dekani X.Temirov ochib berdi.Ishtirokchilarga tadbir mehmonlarini tanishtirib, diniy bag’rikenglik haqida gapirib o‘tdi. 
Talaba- yoshlar orasida diniy bag’rikenglik, vatanga sadoqat, millatlararo totuvlik bir-biriga o‘zaro hurmat, bag’rikenglik kabi tuyg’ularni yanada shakllantirish, boshqa millat vakillarining  urf-odat va an’analariga hurmat ko‘zi bilan qarash kerakligini alohida ta’kidlab o‘tdi. 
Talabalar o‘zlarini qiziqtrigan savollariga javob olishdi.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH