JINOYATCHILIKKA MENING MUNOSABATIM

JINOYATCHILIKKA MENING MUNOSABATIM

   Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2018 yilning noyabr-dekabr oylari davomida Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar hamda talabalar turar joylarida yashayotgan talaba o‘quvchilar orasida xavfsizlik va jamoat tartibini saqlash maqsadida 14 noyabr kuni Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutida “Jinoyatlarning kelib chiqishi sabablari”, “Jinoyatchilikka mening munosabatim”, “Korrupsiya-milliy xavfsizlikka tahdid” va “Huquqbuzarlik va jinoyatchiliklarni oldini olish mavzularida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatiga Yakkasaroy tuman IIO FMB yoshlar masalasi bo‘yicha o‘rinbosari podpolkovnik A.Magdiev boshchiligidagi guruh tashrif buyurdi. Tadbirda jaholatga qarshi ma’rifat, diniy ekstremizmga qarshi kurashish va shunga oid jinoyatlar hamda huquqbuzarliklar haqida talabalarga ma’lumotlar berib o‘tildi. Anjuman so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan tadbir ishtirokchilariga murojaat qilishdi va yetarli javob olishdi. Institut talaba yoshlari davra suhbatidan o‘zlariga kerakli xulosa va huquqbuzarlikning yomon oqibatlaridan ma’lumot olishdi.   
 
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

ҳ қ

Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив
YOPISH