PREZIDENT DAVLAT STIPENDIYASI SOHIBASI

PREZIDENT DAVLAT STIPENDIYASI SOHIBASI

Mamlakatimizda kelajak tayanchlari bo‘lgan yosh avlodga e’tibor nihoyatda kuchli, bu yurt bo‘ylab amalga oshirilayotgan islohotlar natijasidan ham yaqqol namoyon bo‘lyapti. Kelajak vakillarining jismoniy va ma’naviy salohiyati, iste’dod va mahoratini namoyish etishi uchun yaratilgan shart-sharoit, imkoniyatlardan keng foydalanayotgan yoshlarimizdan biri — Dilzoda Hamidjonova ayni vaqtda Madaniyat, san’at va sport ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi sohibasi. Hozirda ushbu talaba qiz Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutining  “Yengil sanoat texnologiyasi va Dizayn” fakultetida tahsil olmoqda.
Men bolaligimdan “Inson — o‘z baxtining ijodkori” shioriga amal qilib kelaman, — deydi Dilzoda Hamidjonova. — Nega deganda, hayotimiz davomida ro‘y beradigan jamiki xoh yaxshi, xoh yomon ish bo‘lsin o‘zimiz sababchi bo‘lamiz. Asosiysi kishi hech qachon harakatdan to‘xtamasdan, baxti sari kurashishi kerak. Bu chiroyli kelajak talabi. Prezident davlat stipendiyasiga loyiq deb topilishimda o‘zimga bo‘lgan ishonch, yaqinlarim ko‘magi va albatta, ustozlarim mehnati sabab bo‘ldi, deb o‘ylayman. Ayniqsa, “Liboslar dizayn” kafedra o‘qituvchisi Nargiza Mirtolipovaning bu boradagi ko‘maklarini boshqacha qadrlayman.
2012-yil Respublika “Bilimlar bellashuvi”ning II darajali diplom, 2013-yil “Yosh ijodkor” Respublika tanlovining “Foto dizayn” yo‘nalishida II darajali diplom, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti nomzodlarining saralash Respublika bosqichi ishtirokchisi, “Eng yaxshi fotoko‘rgazma”nominatsiyasi bo‘yicha II darajali diplom, “Prezident asarlari bilimdoni” nominatsiyasi bo‘yicha I o‘rin uchun tuman hokimligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlandim.
скачать dle 12.1

Boshqa yangiliklar

YOPISH